Madridning “Real” klubi Ispaniya Kubogi yarim final javob bahsida “Barselona”ni 4:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.Madridliklar klubi ushbu g'alaba orqali final yo'llanmasiga ega bo'ldi va 6 may kuni hal qiluvchi bahsda “Osasuna”ga qarshi maydonga tushadi. Bu “Real” uchun Ispaniya Kubogi tarixidagi 40-final bo'ladi, bunga qadar poytaxt jamoasi 39 finalning 19 tasida zafar quchgan. Faqat “Barselona” finallarda “Real”dan ko'proq o'ynagan — 43 o'yinda 31 g'alaba.“Real” so'nggi bor 9 yil avval, 2013/14 yilgi mavsumda Ispaniya Kubogi finalga chiqqandi. O'shanda yarim finalda “Atletiko”ni yutgan “qaymoqranglilar” finalda “Barselona”dan ustun kelgan (2:1).“Real” 1995 yildan beri ilk bor katalonlarni to'rtta to'p farqi bilan mag'lub etdi, o'shanda 5:0 hisobi qayd etilgan. “Barselona” maydonidagi bunday yirik g'alaba esa oxirgi marta 1963 yilning yanvarida qayd etilgandi (5:1).0:4 — “Barselona” uchun “Kamp Nou”dagi 1997 yildan keyingi eng yirik mag'lubiyat bo'ldi. O'shanda “ko'k-anorranglilar” “Dinamo Kiev”ga 0:4 hisobida yutqazgandi. Katalonlar “Real”ga qarshi uy o'yinida esa 1963 yildan keyingi eng yirik mag'lubiyatni qabul qilib oldi. Umuman olganda “Real” 2008 yilning mayidan keyin ilk bor “Barsa”ga 4 ta gol urdi.“Barselona” bu o'yingacha barcha musobaqalar doirasida so'nggi beshta o'yinda g'alaba qozongandi. Xususan, ikki marta “Real”ni enggandi.“Real” bundan avvalgi ketma-ket uchta klasikoni boy bergandi. Bundan oldingi g'alaba La Liga joriy mavsumi 1-davrasida qayd etilgandi.Uchrashuvda het-trik qayd etgan Karim Benzema “El-Klasiko”lardagi gollari sonini 16 taga etkazdi. Frantsiyalik futbolchi Ferens Pushkash, Sesar Rodriges, Fransisko Xento (barchasi 14 tadan gol) va Raulni (15) ortda qoldirgan holda klasikolar tarixidagi eng yaxshi 4-to'purarga aylandi. Faqat Leo Messi (26), Krishtianu Ronaldu va Alfredo di Stefano (ikkisi 18 tadan) Benzemadan ko'proq gol urgan.Shuningdek, Karim klasikoda het-trik qayd etgan so'nggi 28 yil ichidagi “Real”ning ilk futbolchisiga aylandi. 1995 yilning 7 yanvarida Ivan Samorano Madridda o'tgan o'yinda shunday natijani qayd etgandi. Bu oraliqda barcha musobaqalar doirasida 43 ta klasiko o'tkazildi.“Kamp Nou”da esa Benzemadan avval bunday ishni faqat Ferens Pushkash amalga oshira olgan — 1963 yilning 27 yanvarida.
6-Aprel 2023,10:50