"Barselona" muxlislari Ispaniya kubogi doirasida "Real" bilan bo'lib o'tgan o'yinda (0:4) maydonga begona narsalarni uloqtirishdi.
Muxlislar uchrashuvning 70-daqiqasidan boshlab maydonga "zajigalka", tanga va suv idishlarini uloqtira boshladi. Qaydnomada shunday deyilgan:
"Real Madrid" darvozasidan orqa tarafdan joy olgan tomoshabinlar bir nechta o'yinchiga tegmagan holda bir nechta "zajigalka"larni uloqtirishdi. Shu sababli, ushbu harakatlarni to'xtatish zarurligi haqida stadion suhandoni e'lon qilish uchun o'yin bir necha daqiqaga to'xtatildi.
O'yinning 80-daqiqasida va "Real Madrid"ning gol nishonlash vaqtida tribunadan ikkita yarim bo'sh suv shishasi uchib tushdi va bu hech kimga tegmadi.
“Real Madrid” jarima maydonchasiga uchta zajigalka va 1 evrolik tanga uloqtirilgan, ulardan biri “Real” darvozaboni Tibo Kurtuaning yonginasiga kelib tushgan.
6-Aprel 2023,14:50
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0