«Barselona» Lionel Messini ortga qaytishga ishontirish uchun jamoa faxriylari bilan ishlashni davom ettirishga tayyor.
Oldinroq yozda Jordi Alba maosh xarajatlarini kamaytirish uchun qo'yib yuborilishi, Serxio Busketsning kelajagi ham so'roq ostida qolgani xabar qilingandi.
Hozirda «Barselona» yarim himoyachi bilan yangi shartnoma borasida muzokaralar olib bormoqda va ular chap qanot himoyachisi bilan xayrlashish niyatida emas.
Jurnalist Luis Roxoning fikricha, bu o'z-o'zidan sodir bo'layotgani yo'q: Gap shundaki, Buskets va Alba Messining do'stlari va ularning jamoada bo'lishi argentinalik futbolchining shu yozda qaytish imkoniyatini oshiradi.
Ayni damda Lionel Messi «PSJ»ga tegishli. Uning parijliklar bilan shartnomasi iyun oyida yakuniga etadi.
8-Aprel 2023,00:50
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0