"Diario Sport" xabariga ko'ra, klub rahbariyati yozda jamoani kuchaytirish uchun bir qancha yirik transferlar amalga oshirish kerakligini tushunmoqda. Klubda loyihasiga zarar etkazmaslik uchun kam o'yin amaliyotiga ega bo'layotgan bir necha futbolchilarni sotib yuborish ishlari boshlangan. Shu sababli klub Ansu Fati, Rafinya va Ferran Torres borasidagi takliflarni o'ylab ko'rishga tayyor turibdi.
Ko'plab klublar, shu jumladan, "Manchester Yunayted" tomonidan bo'layotgan qiziqishlar sababli "Barsa" Fati va uning atrofidagilar bilan maslahatlashgan. Ammo futbolchining o'zi jamoada qolish niyatida. Ferran Torresga esa "Inter" va "Atletiko" tomonidan qiziqishlar bor. Ikki klub ham futbolchi almashish taklifini o'ylab ko'rmoqda.
Erkin agent sifatida kelgan Rafinya esa o'zidan yaxshi taassurot qoldirayotgan bo'lsa-da, unga APL klublaridan cho'ntakbop takliflar bo'lmoqda. Ushbu klub "Chelsi" bo'lishi mumkin. Chunki o'tgan yozda Rafinyaning London klubiga o'tishiga bir qadam qolgandi.
9-Aprel 2023,15:45