Bugun Chempionlar ligasi chorak final ikkinchi uchrashuvlariga start beriladi. Birinchi uchrashuvlarda mag'lub bo'lgan jamoalar kambek qilishga urinib ko'radi. Keling, Chempionlar ligasida birinchi uchrashuvlarda yirik mag'lubiyatlarga uchrab, javob o'yinida g'alaba qozongan o'yinlarni yodga olamiz. Reytingni o'zingizga moslab tuzib olaverasiz.
2018/2019 yilgi mavsum, yarim final
"Barselona" - "Liverpul" 3:0"Liverpul" - "Barselona" 4:0
Birinchi o'yinda kataloniyaliklar raqibni ishonchli tarzda mag'lub etishdi. Lionel Messining dubli evaziga yirik hisobda g'alaba qozongan 3:0. Shundan so'ng ko'plab mutaxassislar “Barsa”ni muddatidan avval finalga chiqqanini tahmin qilishgan edi. Ammo ular xato qilishdi! "Liverpul" javob o'yiniga jarohat olgan Muhammad Saloh va Roberto Firminosiz chiqdi, biroq ularning tarkibida boshqa qahramonlar ham bor edi. Dastlabki daqiqalarda Divok Origi hisobni ochgan bo'lsa, tanaffusdan so'ng darhol Jorjino Veynaldum dubl qayd etdi.
Finalga chiqish imkoniyatini jiddiy oshirish uchun “Barsa”ga atigi bitta gol urish kifoya edi, ammo ular bu vazifani uddalay olishmadi. Va yakunda ular halokatli xatoga yo'l qo'ydi. Jarima maydonchasida Origi yolg'iz qoldi. Trent Aleksandr-Arnold standartni o'ziga xos va tezkor tarzda amalga oshirdi, belgiyalik esa dubl qayd etdi.
Finalda “Liverpul” “Tottenxem”ni 2:0 hisobida mag'lub etdi va uzoq kutilgan chempionlikni qo'lga kiritdi.
Mavsum-2016/2017, 1/8 final
“PSJ” – “Barselona” 4:0"Barselona" - "PSJ" - 6:1
"Barselona" Chempionlar ligasi tarixida to'rtta gol farqi bilan mag'lub bo'lib, keyingi pley-off bosqichiga yo'l olgan birinchi jamoa bo'ldi. Parijdagi dahshatli o'yindan so'ng, umumiy muvaffaqiyatga jamoaning eng sodiq muxlislari ham ishonishmagan bo'lsa kerak. "Barsa" bosh murabbiyi Luis Enrike mo''jizadan umid qildi: "Agar parijliklar to'rtta gol ura olsalar, biz oltita gol urishimiz mumkin", - dedi ispaniyalik javob o'yini oldidan. Lekin Enrike jamoasi qiyin vazifani baribir uddasidan chiqdi.
Luis Suaresning dastlabki goli “Barselona” muxlislariga ishonch bag'ishladi, ikkinchi bo'lim boshida esa mezbonlar uchta to'p farqi bilan oldinda borishdi. Parijliklar Edinson Kavanining sa'y-harakatlari bilan bitta golni qaytarib olishdi, keyin esa intrigani yakunlagandek bo'lishdi. O'shanda mehmonda gol o'tkazish qoidasi mavjud bo'lgani uchun mezbonlar yana uch marta gol urishga majbur bo'ldi. Va ular buni qilishdi! 88-dan 90+5-daqiqaga qadar Neymar dublga erishdi, keyin esa Serxi Robertoga golli uzatma berdi.
"Barsa" keyingi bosqichda turnirdan chiqib ketdi. "Yuventus" ularni mag'lub etdi. Turinda kataloniyaliklar 0:3 hisobida mag'lub bo'lishdi, “Kamp Nou”da esa tomoshabinlar gol ko'rishmadi.
Mavsum-2017/2018, 1/4 final
"Barselona" - "Roma" - 4:1"Roma" - "Barselona" 3:0
“Barselona” uchun yana bir esda qolarli voqea. Kataloniyaliklar Rimga jiddiy ustunlik bilan etib kelishdi. "Roma" tezda hisobni ochdi, Edin Jeko darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib gol kiritdi. Tanaffusdan so'ng bosniyalik futbolchi penalti ishlab oldi, uni Daniele De Rossi golga aylantirdi. Uchrashuv yakunida Kostas Manolas hisobni yirik ko'rinishga keltirdi.
"Roma" tarixda birinchi marta Chempionlar ligasining yarim finaliga chiqdi va u erda "Liverpul" bilan kurashdi. Biroq, rimliklarga yana bitta kambek uchun kuch etmadi. Birinchi o'yinda Italiya klubi 2:5 hisobida mag'lub bo'lgan bo'lsa, javob uchrashuvida 4:2 hisobida zafar quchgandi.
2003/2004 yilgi mavsum, 1/4 final
"Milan" - "Deportivo" - 4:1“Deportivo” - “Milan” – 4:0
"Deportivo" 21-asr boshida aql bovar qilmas futbol ko'rsatar edi. “San-Siro”da mezbonlar to'rtta gol urishdi. Karlo Anchelotti shogirdlari javob o'yinida bunday ustunlikni qo'ldan boy berishiga ozchilik ishonardi.
Ispaniya klubi bu vazifani a'lo darajada uddaladi va tanaffusga qadar "Milan" darvozasiga uchta gol kiritdi. Uchrashuv yakunida ular yakuniy hisobni o'rnatdi. Ispaniya klubi haqiqiy mo''jiza ko'rsatdi. Yarim finalda “Deportivo” Joze Mourinoning “Portu”sidan o'ta olmadi – 0:0, 0:1.
2003/2004 yilgi mavsum, 1/4 final
“Real Madrid” - “Monako” 4:2 “Monako” – “Real Madrid” 3:1
2004 yilda "Monako" sensatsion tarzda Chempionlar ligasi finaliga chiqdi. O'sha pley-offda Dide Desham shogirdlari mehmondagi gollar evaziga ikki marta keyingi bosqichga chiqdi. Avvaliga frantsuz klubi Moskvaning “Lokomotiv”i bilan to'qnash keldi (1:2, 1:0), keyin esa “Real”ni yo'lidan olib tashladi. Madriddagi uchrashuv yakunlanishiga etti daqiqa qolganida mehmonlar 1:4 hisobida ortda qolishayotgan edi. Biroq Ispaniya terma jamoasining sobiq hujumchisi Fernando Morientes bitta gol urdi.
Aftidan, Madridning yulduzli jamoasi javob o'yinida muammoga duch kelmaydigandek ko'rindi. Biroq, monakoliklar umidsizlikka tushmadi va o'yinni o'z tomoniga og'dirdi. Natijada Madrid klubi yarim finalda turnir chiqib ketdi va “Monako” sensatsiya yaratdi. O'shanda Dide Desham shogirdlari finalda “Portu”ga 0:3 hisobida imkoniyatni boy bergandi.
18-Aprel 2023,20:10