Bugun 49 yoshni qarshi olgan Gvardiolaning siz bilmagan tomonlari
Bugun ispaniyalik mutaxassis tug'ilgan kunini nishonlamoqda.
Uning hayoti va faoliyati bilan bog'liq bir qancha maqolalar saytimiz orqali etiboringizga havola qilingan. Bugun uning kasbi, qiziqishlari, oilasi kabi mavzulardan biroz uzoqlashib, Pepning hayotiga do'stlari qanchalik tasir ko'rsatgani haqida suhbatlashamiz.
Gvardiola tashqi ko'rinishidan aqlli, mehnatkash va arzimagan narsalargacha katta etibor beradigan inson. Haddan tashqari ko'p ishlash Pepning imiji va top darajadagi murabbiy bo'lishiga aslo halal bermadi. U zamonaviy uslubda kiyinadi, bir nechta tilni biladi, matbuot anjumanlarida ham ko'p hazillashadi, nutqi ravon inson. SHu bilan birga, uning qiziqishlari doirasi faqat kasb bilan chegaralanib qolmadi. Pep kitob o'qishni yaxshi ko'radi. Musiqa tinglash, mazali taom (masalan, tuzlangan losos), noyob vino va odamlar bilan suhbatlashishni xush ko'radi. U siyosiy mavzularda ham o'z fikrini erkin ayta oladi va Kataloniyaning mustaqillik uchun bo'lgan harakatlarini ochiqchasiga qo'llab-quvvatlaydi.
Har qanday odamga atrof-muhit o'zi tasirini ko'rsatadi. Pepning ayoli tufayli zamonaviy jurnallar, masalan "GQ", Gvardiola haqida yoza boshladi. Uning futboldagi kumirlari (Kroyff va Belsa) Pep ham afsonaga aylanishida katta yordam berdi.
"Gvardiola — kiyinish xonasida uchratgan ziyoli insonlarimdan biri. Ziyoli... Bunday deyishmga sabab u ko'p narsani biladi. Albatta, futbolhaqida etarlicha malumotga ega. Biroq adabiyot, shuningdek, madaniyatning boshqa sohalaridan ham xabari bor", —deb tariflagandi Fabio Kapello.2000 yillar boshlarida ularning yo'li "Roma"da kesishgandi. "Liverpul" murabbiyi Yurgen Klopp Pepga yana ham aniqroq tarif berib, uni jentlmen deb atadi.
Rejisser va yozuvchiTrueba do'sti Pep bilan Belsa bilan suhbatlashishga borgan. U Gvardiola " Barselona" futbolchilariga tarqatib chiqqan kitob muallifi
Pepning eng yaqin do'stlaridan biri kataloniyalik yozuvchi, scenariylar muallifi hamda rejisser David Trueba Pep bilan 1995 yil badiiy kechalardan birida tanishib qolgan. Gvardiola o'shanda 25 yoshda edi va "Barsa" safida to'p tepardi. Bo'sh vaqtlarini esa o'ziga xos tarzda o'tkazishni xush ko'rardi. Trueba bilan bo'lgan suhbatlarda Pep futboldan biroz bo'lsa-da chalg'irdi, ayniqsa jarohat olgan paytlarida. "U kitob, kino yoki teatr haqida suhbatlashishni xush ko'rardi. Ha aytgancha, uning ayoli Kristina ham bu borada unga katta tasir ko'rsatgan", —yodga oladi Trueba.
Pep 2006 yil Trueba bilan Argentinaga borgan. Gvardiola murabbiy bo'lmoqchi va bir qator mashhur mutaxassislar Marselo Belsa, Sesar Luis Menotti va Rikardo Lavolpe (Argentina safida Jahon chempioni bo'lgan, keyin esa Meksikada murabbiylik sohasida muvaffaqiyat qozongan) bilan maslahatlashib ko'rmoqchi edi. Trueba va Pep birgina Belsa bilan uchrashish uchun Buenos-Ayresdan Rosariogacha bo'lgan 309 kilometr yo'lni bosib o'tganlar. Belsaning shahar tashqarisidagi uyida barbekyu eb bo'lganlaridan so'ng, erkaklar o'rtasidagi suhbat 11 soat davom etdi. Ular taktika va tahlil bo'yicha keng bahs olib bordilar.
Ha aytgancha, ular avvaliga futbolto'g'risida gaplashmadilar. "Biz kino haqida suhbatlashdik. Sababi Marselo kino ko'rishni juda yaxshi ko'rar, kuniga 2tadan film tomosha qilardi. Bu mavzu ham meni qiziqtirib qo'ydi. Ammo kino haqida deyarli bir soat gaplashdik va oxiri shunday dedim: "Biz kino haqida gaplashish uchun yig'ilganimiz yo'q", —yodga oladi Trueba.
Kelasi yili Gvardiola " BarselonaB"ga bosh murabbiy etib tayinlandi. Klub o'sha vaqtlar Ispaniyaning 4-divizionida harakatlanar edi. Yosh Pep o'z ishiga masuliyat bilan yondashardi: o'zi borib o'yinchilarni tomosha qilar, intizomni saqlash tizimini ishlab chiqqandi. SHuningdek, keraksiz o'yinchilarni ketkazib yuborardi (ammo ular o'ynashi uchun yangi klub topib berib, ota-onalarga vaziyatni tushuntirgan), tahliliy roliklar montaj qilar va taktika borasida tajriba o'tkazardi.
O'sha davrda Trueba "Saber perder" ("Mag'lub bo'lishni bilish") nomli psixologik realizm janrida kitob yozdi. Romanda Argentinadan Madridning nomalum bir klubiga ko'chib o'tgan, ammo u erda muvaffaqiyatsizlikka uchrab Angliyaga ketgan iqtidorli futbolchi haqida yozilgan. Bunga parallel ravishda sevgi to'g'risida ham so'z yuritilgan. Pep avvaliga kitobni " BarselonaB" o'yinchilariga, so'ng esa "Barsa" futbolchilariga tarqatdi. Natijada kitob hech qachon Gvardiola qo'l ostida o'ynamagan Fernando Torresning ham qo'liga kelib tushdi.
Coutinho_14
18-Yanvar 2020,20:05
18-Yanvar 2020,20:05
O'xshash yangiliklar
Izoh qoldirish
Bo'limlar
Muloqot (288/+0)
Yangiliklar (30189/+14)
UzFIFA Yangiliklari (22.11.2024)
Futbol TV Yangiliklari (22.11.2024)
ONLINE TV (47) LIVE
Forum (20 / 165)
So'ngi izohlar (9690/ +0)
Futbolchilar haqida (22)
Futbolchilar rasmlari (601)new
Hafta faollarii TOP-30
La-Liga to'purarlar TOP-30
Foydalanuvchilar (1660 / +1)
Eng ko'p o'qilgan
17-Noyabr
10:10
18-Noyabr
18:10
19-Noyabr
06:30
Niko Uilyamsni "Barselona"ga o'tkazish bo'yicha kelishuvdagi asosiy to'siq ma'lum bo'ldi
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0
FC BARCELONA O'YINLARI
Futbolchilar hayotidan (Instagram)