Polsha terma jamoasi safida JCh-2022 da ishtirok etib, "Barselona" safiga qaytgan Robert Levandovski hali hamon o'z formasini tiklay olmayapti. Ispaniyalik jurnalist Gilem Balage bu muvaffaqiyatsizliklarning sababini aytdi. Unga ko'ra, Dembelening yo'qligi Levandovskining samaradorligiga katta ta'sir o'tkazgan.
Quyida bu haqida 3 ta sababni ko'rib chiqamiz.
1. Ular "Barsa" ning eng sermahsul dueti hisoblanadi - ikkala futbolchi birgalikda 5 ta gol yaratgan. Levandovski Dembelega 3 ta, Usmon Robertga 2 ta golli pas bergan.
2. Dembele maydonda bo'lganida Levandovski ko'proq gol uradi. Bunday o'yinlarda polshalik forvard o'rtacha bir o'yinda 0,96 ta gol uradi (23 o'yinda 22 gol). Usmonsiz Robert o'rtacha 0,35 ta gol (14 o'yinda 5 gol) urishi qayd etilgan. Farq katta.
3. Hujumchi Dembelesiz raqib darvozasiga sezilarli darajada kamroq xavf tug'diradi. Ikkala futbolchi ham o'ynagan 23 o'yinda Levandovskining xG ko'rsatkichi 16, qanot hujumchisi yo'qligida esa polyakning xG ko'rsatkichi 14 o'yinda 6,78 ni tashkil qilgan.
Dembelening jarohatidan so'ng uzoq kutilgan qaytishi nafaqat o'zining sa'y-harakatlari, balki Levandovski bilan o'zaro munosabati tufayli ham jamoa o'yinini sezilarli darajada yaxshilashi mumkin.
25 yoshli futbolchi nihoyat kelayotgan dam olish kunlaridagi o'yinda qatnashishi kutilmoqda.
24-Aprel 2023,23:00
O'qildi: 56 - Fikirlar: 0