"Barselona" Evropadan tashqari xalqaro turnirlarda o'ynashni ko'rib chiqmoqda.
"Ko'k-anorranglilar" rahbariyati "Negreyra ishi" bo'yicha sud jarayonining natijalariga optimistik munosabatda. Kataloniya klubi prezidenti Joan Laporta UEFA rahbari Aleksander Cheferin bilan uchrashuvdan mamnun bo'ldi.
Biroq "Barselona" rahbarlari agar UEFA klubga nisbatan sanktsiya qo'llasa, Evropadan tashqarida o'ynash imkoniyatini o'rganmoqda. Kataloniyaliklar xalqaro turnirga taklif qilingan klub sifatida kirishga harakat qilishi va katta miqdorda pul olishi mumkin.
"Barselona"ning asosiy e'tibori Osiyo musobaqalariga qaratilgan. Shuningdek, Kataloniya klubi rahbariyati Osiyo chempionlar ligasiga o'tish variantini ko'rib chiqmoqda. Ispaniyada jamoaga qarshi sanktsiyalar qo'llanilsa, "Barselona" boshqa Evropa chempionatiga o'tishi ehtimoli bor.
2-May 2023,18:10
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0