"PSJ" va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi "Yilning eng yaxshi sportchisi" "Laureus" mukofoti taqdirlash jarayonida "Barselona"ni tilga oldi.
Argentinalik hujumchi "Laureus" talqiniga ko'ra yilning eng yaxshi sportchisi sovrinini qo'lga kiritdi.
"Bunday e'tirofga sazovor bo'lish juda yoqimli, men eng katta orzuimni amalga oshirish baxtiga muyassar bo'ldim. Men hamma narsani boshdan kechirdim, “Barselona” bilan juda ko'p xursandchilik va terma jamoa bilan juda ko'p qayg'u, lekin hech qachon to'xtamadim”, – deya Messining so'zlarini keltiradi italiyalik jurnalist Fabritsio Romano.
Qayd etilishicha, "PSJ" futbolchi bilan shartnomani uzaytirmoqchi emas. Ayni damda unga "Barselona", "Al-Hilol" va "Inter Mayami" klublari qiziqish bildirmoqda.
Messi 2022 yilgi FIFA Jahon chempionatida g'olib chiqdi.
9-May 2023,09:20
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0