«Tvitter» tarmog'ida muxlislar futbol tarixidagi eng afsonaviy markaziy himoyachilar juftliklarini tanlashdi.
Natija - tarix bo'ylab yoqimli kichik sayohat. Bunda qo'yib yuborilgan gollar soniga e'tibor qatarilgan. Modap niki ostidagi foydalanuvchi tashabbusi bilan tuzilgan reyting bahona ko'pchilik o'z jamoasi darvozasi oldida ishonchli va barqaror harakati bilan yodda qolgan, bir necha muqarrar gollarni yo'qqa chiqargan eng kuchli markaziy himoyachilar tandemlarini esladi. To'g'ri, bunday ro'yxatlar hamisha ziddiyatli ko'rinadi. Ehtimolki, bunisi ham to'liq emas. Lekin eng murakkab vaziyatlarda kimlargadir quvonch ulashgan va boshqalarni gol xursandchiligidan mahrum qilgan ajoyib juftliklarni eslash yoqimli, albatta.
Karles Puyol - Jerar Pike («Barselona»)
Paolo Maldini - Alessandro Nesta («Milan»)
Leonardo Bonuchchi va Jorjo Kellini («Yuventus»)
Serxio Ramos - Rafael Varan («Real»)
Jon Terri - Rikardu Karvalyu («Chelsi»)
Marsel Desayi - Loran Blan (Frantsiya terma jamoasi)
Frants Bekkenbauer - Xans-Georg Shvartsenbek (Germaniya terma jamoasi)
Nemanya Vidich - Rio Ferdinand («MYu»)
Tyago Silva - Markinos («PSJ»)
Diego Godin - Miranda («Atletiko»)
Mats Xummels - Neven Subotich («Borussiya» D.)
Kolo Ture - Sol Kempbell («Arsenal»)
23-May 2023,22:30
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0