"Barselona" bosh murabbiyi Xavi jamoa himoyachisi Jyul Kunde bilan mojaro bo'lganligi haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi.
Avvalroq 24 yoshli frantsiyalik futbolchi Xavi undan o'ng qanot himoyachisi sifatida foydalanayotgan pozitsiyasidan norozi bo'lgani uchun yozda "Barselona"ni tark etish niyatida ekani haqida xabar berilgandi. Ispaniyalik mutaxassisning so'zlariga ko'ra, hozir uning Kunde bilan kelishmovchiligi yo'q.
"Uning markazda o'ynashni xohlashi mantiqan to'g'ri, chunki u markaziy himoyachi. Eng muhimi, jamoa individuallikdan yuqori bo'lishi kerak. Kunde bilan biz bir-birimizni tushundik va bizda hech qanday muammo yo'q", - dedi Xavi.
Joriy mavsumda Kunde "ko'k-anorranglilar" safida 39 ta o'yinda maydonga tushib, bitta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Frantsiyalik futbolchi o'tgan yozdan beri "Barselona"ning sharafini himoya qilmoqda.
2-Iyun 2023,14:20