“Shaharliklar” bilan shartnomasi iyun oyida yakuniga etadigan “Manchester Siti” yarim himoyachisi Ilkay Gyundogon “Barselona”ga o'tishga yaqin turibdi, deb xabar bermoqda Sport.es nashri.
Kataloniyaliklar nemis futbolchisiga 3 yil muddatga shartnoma kafolatini berishdi. Gyundogan kelajagi haqida "Inter" bilan 10 iyun kuni bo'lib o'tadigan Chempionlar ligasi finalidan so'ng ma'lum qiladi.
32 yoshli futbolchi moliyaviy tomondan zarar ko'radi, ammo professional faoliyatini "Barselona"da yakunlash kafolatiga ega bo'ladi.
Muzokaralarda asosiy rolni Kataloniya jamoasining bosh murabbiyi Xavi o'ynadi, u germaniyalik futbolchini "Arsenal"dan qulay moliyaviy taklif bo'lgan bo'lsa-da, Kataloniya klubini tanlashga ko'ndirgan.
Joriy mavsumda Gyundogan 49 uchrashuvda 9 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
2-Iyun 2023,17:40
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0