"Barselona" Ispaniya chempioni bo'ldi va Chempionlar ligasi guruh bosqichiga yo'llanma oldi. Biroq Kataloniya klubi bir kun avval ma'lum bo'lganidek, Evropaning eng nufuzli klub turniridan chetlatilishi mumkin.
Marca nashri xabariga ko'ra, UEFA hali ham "Barselona" borasida bir qarorga kela olmayapti. Gap shundaki, Kataloniya klubi UEFAdan kelgan 70 ta savolga haligacha javob bermagan. Gap "Negreyra ishi" bilan bog'liq, ya'ni klubning hakamlar texnik qo'mitasi sobiq vitse-prezidentiga to'lagan to'lovlari haqida bormoqda. UEFA javob kutmoqda va vaziyatga oydinlik kiritmoqchi. Agar javoblarda "Barselona" tomonidan jiddiy qoida buzilgani ko'rsatilgan bo'lsa, u holda klub Chempionlar ligasiga qo'yilmasligi mumkin.
"Barselona" yaqin kunlarda savollarga javob berishi kerak, chunki evrokuboklar mavsumida ishtirok etish uchun arizalarni topshirish muddati yaqinda tugaydi.
2-Iyun 2023,16:40
O'qildi: 56 - Fikirlar: 0