Lionel Messining Evropadagi safari yakuniga etdi (hozircha). Argentinalik futbolchi cho'zib o'tirishni istamadi va Devid Bekxem boshqaruvidagi «Inter Mayami» bilan shartnoma imzoladi. Messining o'zi esa «Barselona»ga qaytishni istagandi, ammo futbolchining otasi va agenti Xorxe Messi "ko'k-anorranglilar" prezidenti Joan Laporta bilan gaplashgach, o'g'lining "Kamp Nou" qaytish ehtimoli juda past ekanini bildi. Natijada Leo MLS variantina tanladi. Xo'sh, Messining «Barsa»ga o'tishi nima uchun amalga oshmadi?«Barselona» Messi bilan shartnoma imzolash uchun reja ishlab chiqqandi. Unga ko'ra, klub xarajatlarni kamaytirib, daromadlarni oshirishi kerak edi. Buning uchun esa vaqt talab etilardi. Futbolchi esa kutishni istamadi yoki bu reja oxir-oqibat ish berishiga ko'zi etmadi. "Barsa" tarkibda yuqori maosh oluvchi futbolchilar — Serxio Buskets va Jordi Alba bilan xayrlashib, xarajatlarni qisqartirdi. Ammo bu hali etarli emas edi. Jamoa transferlar orqali kamida 100 million evro ishlab topishi zarur edi. Buning uchun ba'zi o'yinchilar — Rafinya, Ferran Torres, Ansu Fati, Frank Kessie transferga qo'yilishi kerak edi. Shu bilan birgalikda, Messi ortga qaytishi uchun o'yinchilarning maoshlari kamaytirilishi talab etilardi. Lionel bularning barchasidan xabar topgach, o'zi tufayli qolgan o'yinchilar jabr chekishini yoki moliyaviy yo'qotishga uchrashini istamadi. Shu tufayli Messi oldida 2 ta asosiy yo'l qoldi: yo Saudiya Arabistoni, yoki Amerika. Moliyaviy jihatdan "Al-Hilol" varianti juda yaxshi bo'lsa-da, Messi oilasi uchun qulay hisoblangan "Inter Mayami"ni tanladi.
8-Iyun 2023,16:30