Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti “Barselona”ga (0:3) qarshi o'tkazilgan o'rtoqlik uchrashuviga sarhisob qildi.
“Bir o'yinda to'singa besh marta zarba berish juda kam uchraydi. Bu men bilan hech qachon sodir bo'lmagan va bu mavsumoldi o'yinida sodir bo'lsa yaxshi. Raqib darvozasida devor bordek tuyuldi. Yoshlar qanday moslashganini ko'rish uchun yangi jamoa tuzdim. Hammasi yaxshi, biz shunday davom etishimiz kerak va aniq hujumchisiz bizda ko'plab imkoniyatlar bo'ldi. Men yoshlarni keskin o'yinda ko'rmoqchi edim va ular buni uddalashdi. Modrich va Kroos nimaga qodirligini allaqachon bilaman. Men juda yaxshi kelajagi bo'lgan jamoani ko'ryapman", deydi Anchelotti.
Navbatdagi o'rtoqlik o'yinida “Barselona” 2 avgust kuni “Milan”ga qarshi maydonga tushsa, “Real” 3 avgust kuni “Yuventus”ga qarshi bahs olib boradi.
30-Iyul 2023,10:20
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0