"Barselona" bosh murabbiyi Xavi hujumchi Usmon Dembeleni "PSJ"ga o'tishdan qaytarishga urinayotganda Neymarni tilga olgan.
2017 yilda "PSJ" Neymar uchun "Barselona"ga rekord darajadagi - 222 million evro to'lagan. Braziliyalik futbolchi Parij klubi safida 173 o'yinda 118 ta gol urgan va 77 ta golli uzatmani amalga oshirgan bo'lsa-da, "PSJ" etakchisiga aylanmagan va jamoani Chempionlar ligasida g'olib chiqishiga yordam bera olmagan.
Mish-mishlarga ko'ra, "PSJ" Dembelening shartnomasidagi to'lov bandini faollashtirishga va frantsiyalik futbolchini 50 million evroga sotib olishga qaror qilgan.
Mundo Deportivo nashri xabariga ko'ra, Xavi Usmonni "PSJ"ga bormaslikka ko'ndirgan va "Neymar haqida o'ylashga" undagan, keyin esa Neymar "Barselona"ga qaytish uchun bir necha marta muvaffaqiyatsiz urinishganini eslatgan.
1-Avgust 2023,14:50
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0