"Barselona" Kleman Langleni rejalariga kiritmagan.
Kataloniya klubi himoyachi uchun yangi klub qidirmoqda. Mundo Deportivo xabariga ko'ra, "Barsa" uni ikki yilga ijaraga bermoqchi.
Avvalroq, Langlega "Sevilya" qiziqish bildirayotgani ma'lum bo'lgandi. Hozirda "Betis" futbolchi uchun kurashga qo'shildi, ammo Langle "Barsa"ga o'tishdan oldin jamoada o'ynaganini hisobga olsak, "Sevilya" hali ham kurashda bir oz ustunlikka ega.
Mumkin bo'lgan transfer taqdiri futbolchining maoshini taqsimlash formulasiga bog'liq bo'ladi - u mavsumda taxminan 18 million evro oladi. "Barselona" Langlega maoshning bir qismini to'lashda davom etishini taklif qilmoqda, ammo klub bu xarajatlarni minimallashtirishga intilmoqda.
Langlening "Barselona" bilan shartnomasi 2026 yilgacha mo'ljallangan.
29-Avgust 2023,09:20