“Barselona” Lionel Messi transferi bo'yicha “Inter Mayami” bilan birgalikda ishlamoqchi.Argentinalik futbolchining “PSJ” bilan amaldagi shartnomasi 30 iyunga qadar mo'ljallangan. Leo Parij klubi bilan shartnomani uzaytirmasligi oydinlashib bormoqda.Hozirda Messiga Saudiya Arabistoni klubidan jiddiy taklif bor. Shuningdek, unda “Barselona”ga qaytish yoki MLS klubiga o'tish varianti ham mavjud.Leo va uning oilasi Saudiyaga borishdan ko'ra Kataloniyaga qaytishni ma'qul ko'rmoqda. Lekin Serxio Buskets va Albaning ketishi ham “Barselona”ning moliyaviy holatiga ijobiy ta'sir ko'rsatmagan. “Ko'k-anorranglilar” argentinalik bilan shartnoma imzolashda qiyinchiliklarga duch kelishi mumkin. L'Equipe nashrining xabariga ko'ra, “Barselona” va “Inter Mayami” Leo transferi bo'yicha birgalikda harakat qilmoqchi. Unga ko'ra, Messi Amerika klubi bilan shartnoma imzolaydi va darhol 6 yoki 18 oyga “Barselona”ga ijaraga beriladi. Bu esa futbolchiga Amerika Kubogi-2024 ga qadar formasini saqlab turishiga yordam beradi. Bunday variant 2022 yilda ham ko'rib chiqilgandi, biroq ijobiy natija chiqmagan. 35 yoshli futbolchi joriy mavsum “PSJ” safida 40 ta o'yinda maydonga tushib, 20 ta gol va 21 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
31-May 2023,17:20