Kecha Evropa chempionlar ligasi guruh bosqichiga qur'a tashlanganidan xabaringiz bor. "Opta Analyst" kompaniyasi qur'adan so'ng musobaqada g'oliblikka da'vogar klublar reytingi tuzib chiqdi. Demak, kompyuter hisob-kitoblariga ko'ra, «Manchester Siti» g'oliblikka asosiy da'vogar sifatida e'tirof etildi. "Shaharliklar"ning chempionlikni himoya qilish ehtimoli 36,1 foiz deya baholandi. Bu borada ikkinchi pog'onada «Bavariya» (10,2%) qayd etilgan bo'lsa, uchinchi o'rinni, kutilmaganda, «Arsenal» egalladi (7%). «Real» va «Napoli» klublari imkoniyat borasida kuchli beshlikka kiritildi. "Inter", "Manchester Yunayted", "Atletiko", "Portu" va "Barselona" klublari top-10dan o'rin olishdi. Eng kutilmagan prognoz esa «PSJ»ga nisbatan qilindi. Bu jamoaning g'oliblik uchun imkoniyati 1 foizga teng deya baholandi. Parijliklar ro'yxatda 22-qatorni band etishdi. Hisob-kitoblarga ko'ra, "PSJ" guruhdan chiqa olmasligini taxmin qilingan. «F» guruhida "Borussiya Dortmund" va "Milan" klublari "PSJ"ni ortda qoldirib ketishi taxmin qilingan.
1-Sentyabr 2023,11:30