"Betis" "Barselona" vingeri bilan shartnoma imzoladi
"Barselona" vingeri Abdessamad Ezzalzuli "Betis" klubi a'zosiga aylandi.
Bu haqda "Betis" matbuot xizmati ma'lum qildi.
Kataloniyaliklar futbolchi uchun 7,5 million evro olishdi. Bundan tashqari, "ko'k-anorranglilar" o'yinchini qaytarib sotib olish huquqiga ega, shuningdek, uning kelajakdagi sotuv qiymatining 50 foizini olish imkoniyati mavjud.