"Barselona" himoyachisi Aleks Balde Kataloniya klubi bilan shartnomasini uzaytirish haqida gapirdi.
"Men "Barselona"da 13 yildan beri ishlayapman va menda faqat yaxshi xotiralar qolgan. Men doim asosiy jamoada o'ynashni orzu qilganman. Oilamga, shuningdek, ishonch uchun klub murabbiyiga rahmat.
"Barselona"da o'ynash uzoq yo'l, ko'p mehnat va fidoyilikni talab qiladi va har bir bola ham bunday orzuga erisha olmaydi. Umid qilamanki, bundan keyin ham jamoa muvaffaqiyatiga hissa qo'shishni davom ettiraman. Men endigina 19 yoshdaman va hali o'rganishim kerak bo'lgan narsa bor.
Bu yil bizda ajoyib iqtidorli jamoa bor. Biroq, har birimiz katta titullarni qo'lga kiritish uchun har kuni o'zimizning eng yaxshi versiyamizga aylanishimiz kerak", - dedi Balde Mundo Deportivo bilan suhbatda.
21-Sentyabr 2023,18:30
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0