"Barselona" prezidenti Joan Laporta jamoa himoyachisi Aleks Balde bilan shartnomani uzaytirish haqida gapirdi.
"Bu "Barselona" uchun tarixiy kun. Aleks klubni 13 yoshidan biladigan shaxs. U "Barsa" nima ekanligini va bizning qadriyatlarimiz nimaligini biladi. Va u bo'lajak klubga yangi kelgan barcha futbolchilarning jamoaga integratsiyalashuviga mas'ul bo'lganlardan biri bo'ladi", - dedi Laporta Mundo Deportivo bilan suhbatda.
Eslatib o'tamiz, Aleks Kataloniya klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2022 yilning yozida "ko'k-anorranglilar"ning asosiy jamoasiga qo'shilgan.
O'tgan mavsumda Balde "Barselona" safida barcha turnirlarda 43 ta o'yin o'tkazib, bitta gol va 6 golga assistentlik qilgan. Futbolchining Kataloniya klubi bilan yangi shartnomasi 2028 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi. Transfermarkt portaliga ko'ra, futbolchining taxminiy narxi 50 million evroni tashkil qiladi.
21-Sentyabr 2023,18:30