"Barselona" prezidenti Joan Laporta jamoa bilan shartnomasini uzaytirgan Alexandro Balde haqida fikr bildirdi.
"Alexandro barcha to'siqlarga qaramay, asosiy jamoaga o'tib, klubda qolishga qaror qilgani juda yoqimli. Bunga imkon bergani uchun uning atrofidagi barchaga rahmat aytmoqchiman. Alexandroga o'rgatganingiz uchun uning ota-onasi va oilasiga katta rahmat. Baldega g'amxo'rlik qilgan La Masiyaning barcha vakillariga ham rahmat aytmoqchiman. Deku shartnomani yangilash ustida ishladi va maqsadimizga erishdik.
Jorje Mendeshga rahmat aytmoqchiman, chunki u o'zi vakillik qilayotgan futbolchining manfaatlarini himoya qilishdan tashqari, "Barsa"ning manfaatlarini ham hisobga oladi va ikkala manfaatni qanday birlashtirishni biladi, u ba'zan qurbonliklar ham qiladi.
Bugun "Barsa" uchun tarixiy kun, Balde "Barsa"ni 13 yildan beri biladi, u klubni yaxshi ko'radi", - dedi kataloniyaliklar prezidenti.
Eslatib o'tamiz, Balde va "ko'k-anorranglilar" o'rtasidagi yangi shartnoma 2028 yilgacha tuzilgan.
21-Sentyabr 2023,18:40
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0