"Barselona"ning sobiq yarim himoyachisi Arturo Vidal Chempionlar ligasi guruh bosqichining 1-turidan o'rin olgan "Milan" - "Nyukasl" (0:0) o'yinini tanqid qildi.
"Bu Chempionlar ligasi tarixidagi eng yomon o'yin. "Milan" va "Nyukasl"dan kelgan ahmoqlar meni kasal qilishdi. Men "Nyukasl"ni tushunmayapman. Ular Premer-ligada to'rtinchi o'rinni egallashdi, lekin ular faqat yugurishni bilishadi", - dedi Vidal AS bilan suhbatda.
Bundan tashqari, chililik futbolchi "Manchester Siti"ning o'yinini tanqid qildi: "Manchester Siti" o'yini ("Tsrvena Zvezda"ga qarshi (3:1) – muallif) har doimgidek zerikarli bo'lganini va "PSJ"ning "Borussiya" (2:0) bilan o'yinning birinchi bo'limida uxlab qolganini aytdi.
36 yoshli yarim himoyachi shu yozdan beri Braziliyaning “Atletiko Paranaense” jamoasida o'ynamoqda. U avval "Flamengo", "Inter", "Barselona", "Bavariya", "Yuventus" va "Kolo-Kolo" klublarida o'ynagan.
22-Sentyabr 2023,21:10