"Atletiko Madrid" prezidenti Enrike Sereso "Barselona"da ijara asosida o'ynayotgan Joau Feliksning so'zlariga izoh berdi.
Portugaliyalik futbolchi Kataloniya klubida o'ynashni orzu qilganini bir necha bor tan olgan, shuningdek, Diego Simeonening futbolidan ko'ra "ko'k-anorranglilar" o'yin uslubi unga ko'proq mos kelishini ta'kidlagan.
"Joau xohlaganini aytadi, ammo u baribir "Atletiko"ga tegishli ekanini biladi. Menimcha, u hozir eng yaxshi futbolchilardan biri. U biz bilan mashg'ulot o'tkazmagan, lekin u "Barselona"da ajoyib harakat qilmoqda. Biz uning muvaffaqiyatidan xursandmiz", - dedi Sereso Sport bilan suhbatda.
Joau Feliks “Barselona” safida 6 ta o'yinda 3 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Forvardning ijara muddati mavsum oxirigacha mo'ljallangan.
4-Oktyabr 2023,22:20
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0