RFEF Negreyra ishini tergov qilayotgan sudyaga qarshi norozilik bildirgan.
Avvalroq, «Barselona» tergov sudi rahbari, Negreyra ishiga rahbarlik qilayotgan Xoakin Agirre RFEF hakamlar texnik qo'mitasi sobiq vitse-prezidentiga «Barselona»dan 7,7 million evro to'laganini jinoyat deb hisoblagan edi.
Bu 2001 yildan 2018 yilgacha bo'lgan davrni o'z ichiga olgan edi. Kataloniya klubi poraxo'rlikda ayblangan.
Biroq keyinchalik «Barselona»ning amaldagi prezidenti Joan Laporta ham Negreyra ishida 2008 yildan 2010 yilgacha poraxo'rlikda ayblangan, chunki uning uchun da'vo muddati tugamagan edi. Agirre, shuningdek, «Barselona»ning Negreyraga to'lagan to'lovlarini tekshirar ekan, «hakamlar guruhi» korruptsiyaga uchraganini tan oldi, ammo ismlarni aytmadi.
Bu ayblovlar hakamlar texnik qo'mitasiga ma'qul kelmadi, shuning uchun ular endi Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasi orqali Agirrega qarshi rasmiy norozilik bildirishdi. Sobiq arbitr Luis Medina Kantalexo boshchiligidagi qo'mita sudyadan dalillarni taqdim etishni talab qilmoqda.
24-Oktyabr 2023,16:50