Bugungi markaziy o'yin uchun bahs tarixidagi tegishli statistik malumotlarni ko'rib chiqamiz.
Agar "Barselona" g'alaba qozonsa, Xavi o'z uyida ketma-ket ikki o'yinda "Real"ni mag'lub etgan ikkinchi murabbiyga aylanadi.
Anchelotti «klasiko» o'yinlarini durang bilan tugatmagani ajablanarli. Italiyalik murabbiy 13 o'yinda 6 g'alaba va 7 mag'lubiyat qayd etgan.
Ikki murabbiy o'rtasidagi kurashda Xavi 7 o'yinda 4 marta g'alaba qozongan.
"Barsa" so'nggi 6 ta «klasiko» o'yinida 4 marta g'alaba qozongan bo'lsa, "Real" safardagi 4 ta «klasiko»ning 3 tasida g'olib kelgan.
Agar Bellingem gol ursa, ingliz futbolchisi La Ligadagi debyuti, Chempionlar Ligasidagi debyuti va «el-klasiko»dagi debyutida gol urgan birinchi madridlik futbolchiga aylanadi.
"Barsa"da jarohatlar tufayli barqarorlik yo'qligiga qaramay Opta superkompyuteri ularni o'yin favoriti sifatida ko'rmoqda.
G'alaba uchun 41,6%, Anchelottining birinchi durangi uchun 29%, "Real"ning g'alaba qozonish ehtimoli uchun 29,4% belgilagan.
28-Oktyabr 2023,16:50