Keling, bugungi markaziy o'yin uchun bahs tarixidagi tegishli statistik malumotlarni ko'rib chiqamiz.Agar "Barselona" g'alaba qozonsa, Xavi o'z uyida ketma-ket ikki o'yinda "Real"ni mag'lub etgan ikkinchi murabbiyga aylanadi.Anchelotti klasiko o'yinlarini durang bilan tugatmagani ajablanarli. Italiyalik murabbiy 13 o'yinda 6 g'alaba va 7 mag'lubiyat qayd etgan.Ikki murabbiy o'rtasidagi kurashda Xavi 7 o'yinda 4 marta g'alaba qozongan."Barsa" so'nggi 6 ta klasiko o'yinida 4 marta g'alaba qozongan bo'lsa, "Real" safardagi 4 ta klasikoning 3 tasida g'olib kelgan.Agar Bellingem gol ursa, ingliz futbolchisi La Ligadagi debyuti, Chempionlar Ligasidagi debyuti va El Klasikodagi debyutida gol urgan birinchi madridlik futbolchiga aylanadi."Barsa"da jarohatlar tufayli barqarorlik yo'qligiga qaramay, OPTA superkompyuteri ularni o'yin favoriti sifatida ko'rmoqda. G'alaba uchun 41,6%, Anchelottining birinchi durangi uchun 29%, "Real"ning g'alaba qozonish ehtimoli uchun 29,4% belgilagan.
28-Oktyabr 2023,17:00
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0