"Barselona" "klasiko"dan keyin Ilkay Gyundoganning tanqidlariga ijobiy javob qaytardi.
"Barselona" La Liganing 11-turidan o'rin olgan o'yinda o'z maydonida "Real"ga (1:2) mag'lub bo'ldi. Mag'lubiyatdan so'ng Gyundogan jamoadoshlarining hissiyotlari ko'tarilishi kerakligini aytdi: "Men bu erga bunday uchrashuvlarda mag'lub bo'lish uchun kelganim yo'q. Kiyinish xonasida ko'proq g'azabni ko'rishni istardim."
Mundo Deportivo xabariga ko'ra, Gyundoganning so'zlari "Barselona" rahbariyati va murabbiylar shtabi tomonidan salbiy munosabatga sabab bo'lmagan. Klub germaniyalik yarim himoyachining tanqidini jamoa uchun foydali deb hisoblamoqda.
Qolaversa, Gyundoganning so'zlari sport nuqtai nazaridan adolatli deb topildi, chunki yarim himoyachi kataloniyaliklarga hozirda Evropadagi eng kuchli jamoalardan biri bo'lgan "Manchester Siti"dan "Barselona"ga o'tgan edi.
30-Oktyabr 2023,07:40