Joau Feliks "Barselona"da yana kamida bir mavsum qolishi mumkin.
Portugaliyalik futbolchi "Atletiko"dan 2024 yilning yoziga qadar sotib olish huquqisiz ijaraga olingan.
Diario Sport nashri xabariga ko'ra, "ko'k-anorranglilar" madridliklar talab qiladigan 80 million evro evaziga portugaliyalikni sotib olishga qurbi etmaydi. Shu sababli, Feliksni yana ijaraga olish g'oyasi paydo bo'ldi, lekin bu safar sotib olish optsiyasi bilan. Bu holatda "Atletiko" so'ralgan summani sezilarli darajada kamaytirishga tayyor bo'lishi kutilmoqda.
Ispaniya chempionlari rahbarlarining fikricha, yangi kelishuv bo'lgan taqdirda ular Feliksni 20 million evroga sotib olishlari mumkin va bu variant barchaga ma'qul kelishiga ishonishadi.
Muqobil variant - shartnomaga "Barselona"ga unchalik kerak bo'lmagan, ammo "Atletiko"ga yoqadigan futbolchilarni kiritish.
Qayd etilishicha, futbolchining o'zi Madrid klubiga qaytishni istamayapti va madridliklar ham Feliksga ishonch bildirmayapti. Kataloniyaliklar mavsum oxirigacha hech narsa qilmoqchi emas.
31-Oktyabr 2023,22:30