"Barselona" yarim himoyachisi Pedri jarohatidan forig' bo'lgach, La Liga doirasida "Real Sosedad"ga (1:0) qarshi o'yindan so'ng o'z his-tuyg'ulari bilan o'rtoqlashdi.
Avgust oyida Pedri tizzasidan jarohat olgan edi. "Real Sosedad"ga qarshi o'yin uning tiklanishdan keyingi birinchi o'yini bo'ldi.
“Bu o'yin odamlarga yoqadigan o'yinlardan biridir. VAR ham bor, lekin men g'alaba qozonganimdan va yana o'ynaganimdan juda xursandman. Men maydonga qaytishni juda xohlardim. Jarohat olganingizda, sog'lom bo'lish nimani anglatishini to'liq tushunasiz. Hozir men uchun asosiysi formaga kirishish.
Men har doim jamoaga yordam berishga harakat qilaman. Ajoyib o'yin o'tkaza olmadik, chunki o'yinimizda yuqori temp etishmadi, lekin biz o'z uyimizga xursand bo'lib ketyapmiz", – dedi Pedri Mundo Deportivo bilan suhbatda.
5-Noyabr 2023,15:30
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0