"Barselona"ning sobiq direktori klub ustidan sudga murojaat qilib, 1,8 million evro talab qilmoqda.
Uilyam Mannarelli "Barselona"ning oldingi prezidenti Xosep Bartomeu davrida "Kamp Nou"ni ta'mirlash loyihasini etti yil davomida boshqargan. Mannarelli 2021 yil mart oyida Laporta Bartomeu o'rniga prezident bo'lganidan ko'p o'tmay ishdan bo'shatildi.
Da'vo arizasida aytilishicha, "Barselona" boshliqlarini yangi rahbariyatning ancha o'zgargan va qimmatroq loyihasini qabul qilishga ishontirish uchun Laporta boshqaruvi oldingi rejani ataylab e'tibordan chetda qoldirgan va Mannarelliga tuhmat qilgan. Xususan, 2021 yil avgust oyida bo'lib o'tgan matbuot anjumanida Laporta eski "Espai Barca" loyihasi bo'yicha pudratchilar bilan imzolangan shartnomalardagi "qonunbuzarliklar" haqida gapirdi.
Shu sababli Mannarelli klubni tuhmat uchun sudga berdi va 1,8 million evro miqdorida tovon undirishni talab qilmoqda. Laporta guvohlik berishga chaqirilishi mumkin.
6-Noyabr 2023,18:50