Pep Gvardiola klublar o'rtasidagi jahon chempionati haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Klublar o'rtasidagi jahon chempionati 12-22 dekabr kunlari Saudiya Arabistonida bo'lib o'tadi.
"Biz u erda hech qachon o'ynamaganmiz, ushbu turnirda ishtirok etish uchun biz Chempionlar ligasida g'alaba qozonishimiz kerak edi, biz buni birinchi marta qildik. O'ylaymanki, futbolchilar tayyor bo'lishadi. Men u erda bir necha marta bo'lganman va birinchi o'yin juda qiyin.
Odamlar final haqida gapirishadi, lekin biz qo'ldan kelgancha kurashdik, bu "Barselona"ga oson bo'lmadi. Argentina jamoasiga qarshi birinchi final (“Barselona” KJCh-2009 finalida “Estudiantes”ni mag'lub etgandi – muallif) juda qiyin bo'lgandi... Biz u erga borib, tayyorgarlik ko'ramiz, chunki bu biz uchun orzu”, — dedi "Manchester Siti" bosh murabbiyi.
6-Noyabr 2023,19:40