Nufuzli Four Four Two portali Chempionlar ligasi tarixidagi eng yaxshi o'yinlar reytingini e'lon qildi.
Birinchi o'rinni 2005 yilgi mashhur Istanbul finalida "Milan" va "Liverpul" o'rtasida bo'lib o'tgan o'yin egalladi. O'shanda birinchi bo'limdan so'ng “rossonerilar” xotirjamlik bilan 3:0 hisobida oldinga chiqib olishdi, ammo ikkinchi bo'limning olti daqiqalik davrida "qizillar" uch marta raqib darvozasini ishg'ol qilishdi. Yakunda "Liverpul" penaltilar seriyasida g'alaba qozondi.
Ikkinchi o'ringa 2016/2017 yilgi mavsum 1/8 finalining javob o'yini - "Barselona" va "PSJ" bellashuvi munosib ko'rildi. O'shanda kataloniyaliklar safarda 0:4 hisobidagi mag'lubiyatdan keyin o'z maydonida 6:1 hisobida zafar quchgandi.
1998/1999 yilgi mavsum finali kuchli uchlikni yopadi. O'shanda "Bavariya" erta gol urdi va g'alabaga yaqin edi, ammo "Manchester Yunayted" 90+1 va 90+3-daqiqalarda gol urdi. “Qizil iblislar” 2:1 hisobida g'alaba qozonib, kubokni qo'lga kiritdi.
10-Noyabr 2023,07:40