"Marsel" hujumchisi Per-Emerik Obameyang "Barselona"dagi faoliyati haqida gapirdi.
"Bu faoliyatimdagi eng yaxshi olti oy edi. Men hech qachon futbol o'ynash va mashg'ulotlardan bunchalik zavqlanmaganman. Hatto dam olish kunlari mashg'ulotlarga ham bordim. Bu aql bovar qilmaydigan bo'ldi", - dedi gabonlik hujumchi AS nashri.
34 yoshli Obameyang shu yozda "Chelsi"dan "Marsel"ga ko'chib o'tgandi. O'tgan mavsumda gabonlik hujumchi londonliklar va “Barselona” safida barcha turnirlarda 22 ta o'yin o'tkazib, 3 ta gol va bitta golli uzatmani amalga oshirgan. Shu bilan birga, Obameyang maydonda atigi 968 daqiqa o'tkazdi.
Joriy mavsumda u Frantsiya 1-ligasida 11 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Shuningdek, forvard bir marta sariq kartochka oldi.
13-Noyabr 2023,09:30