Buenos-Ayresda tug'ilgan Oklendlik poyabzal dizayneri Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messining faoliyatini aks ettiruvchi krossovkalar yaratdi.
Dizayner futbolchining faoliyati davomida kiygan liboslaridan, jumladan, "Barselona", "PSJ", "Inter Mayami" va hattoki Diego Maradona sharafiga o'tkazilgan o'yin uchun "Nyuells Old Boyz"ning retro formasidan ilhom olgan.
Dizaynda, shuningdek, Argentina terma jamoasining JCh-2014 safar libosi, Messi finalda Germaniyani mag'lub etish uchun kiygan libosi va Qatarda bo'lib o'tgan JCh-2022 g'alabasi uchun “Albiseleste”ning uy libosi ham mavjud. O'ng taglik tagida "Jahon futbol chempionlari 2022" yozuvi, chap tomonda - uning raqami aks etgan.
Krossovkalar "What the Messi" deb nomlanadi va "Nike SB Dunk Low" modeli asosida yaratilgan.
3-Dekabr 2023,13:00
O'qildi: 56 - Fikirlar: 0