"Las-Palmas" prezidenti Migel Anxel Ramires Pedrining "Barselona"ga o'tish shartlarini aytdi.
Kataloniya giganti 2019 yilda o'sib borayotgan yulduzni qo'lga kiritdi va futbolchini darhol o'sha klubning o'ziga ijaraga yubordi. Iyul oyida yarim himoyachi "Barselona"ga qaytdi va tezda "ko'k-anorranglilar"ning asosiy tarkib o'yinchisiga aylandi.
“Ushbu operatsiyaning umumiy qiymati 20 million evrodan oshadi. Bu haqda batafsil gapira olmayman, chunki barcha nyuanslar esimda yo'q, lekin biz aniq 20 milliondan ko'proq daromad oldik. O'ylashimcha, biz dastlab 5 million olganmiz, keyin “Barselona” yana 5 millionni uchta transhda to'ladi. Bonuslardan biri Pedrining terma jamoadagi debyutidan so'ng faollashtirildi va yana esimda yo'q boshqa shart ham bor edi. Yakuniy transfer summasi 20-25 million evroni tashkil etadi”, - deya Ramires so'zlaridan iqtibos keltirmoqda ispan OAV.
9-Dekabr 2023,13:00
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0