"Barselona" bosh murabbiyi Xavi Kataloniya jamoasining so'nggi ikki mag'lubiyati haqida fikr bildirdi.
"Men ijobiy fikrdaman. Men vaziyatni to'g'rilashim mumkin deb o'ylayman. Biz to'rt xil turnirda ishtirok etishda davom etamiz. Chempionlar ligasida o'tgan mavsumga nisbatan natijalarimizni yaxshilash asosiy maqsadimiz edi va bunga erishdik. Biz faqat yig'ishtirib olishimiz, diqqatimizni jamlashimiz va keyingi o'yin uchun yaxshiroq bo'lishimiz kerak", - dedi Xavi Goal bilan suhbatda.
10 dekabr kuni "Barselona" Ispaniya La Ligasi doirasida "Jirona"ga, uch kundan keyin esa Xavi shogirdlari Chempionlar ligasida Belgiyaning "Antverpen" jamoasiga imkoniyatni boy berdi.
"Barselona"ning navbatdagi o'yini 16 dekabr kuni "Valensiya"ga qarshi o'tkaziladi.
15-Dekabr 2023,09:50
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0