Xavi "Almeriya" bilan o'yindagi tanaffusda "Barselona" futbolchilarini qattiq tanqid qildi.
La Liganing 18-turida kataloniyaliklar g'alaba qozonishdi – 3:2. Jamoalar tanaffusga 1:1 hisobi bilan yo'l olishgandi.
Insayder Xavi Migel xabariga ko'ra, "Almeriya"ga qarshi o'yindagi tanaffusda Xavi so'kindi, tepdi va yo'lidagi hamma narsaga zarba berdi. Murabbiy doskani oldi, uni oldiga qo'ydi va ura boshladi: “Bu sodir bo'lishi mumkin emas! Bu bo'lishi mumkin emas!" deb baqirdi. U hatto ko'ylagini yirtib tashladi.
Murabbiy jamoani ruh va ambitsiya etishmasligida aybladi. U o'zini tutolmay tinmay baqirdi va futbolchilarga qarata:"Men sizlarning yirtqich hayvon kabi yugurishingizni xohlayman", dedi. Xavi jamoaning o'yinidan xafa bo'ldi.
Robert Levandovski eng jahldor so'zlarni olgan futbolchilardan biri edi. Murabbiy Robertga qarata: "Leva, yugurishni bilasanmi, jin ursin!" deb baqirdi.Joao Feliks ham Xavi tomonidan yomon so'zlar eshitdi.
Bu Xavining "Barselona" boshqaruvidagi eng shiddatli va g'azabli 15 daqiqali tanaffus vaqti bo'ldi.
21-Dekabr 2023,02:10
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0