"Manchester Siti" "River Pleyt"ning 17 yoshli yarim himoyachisi Klaudio Echeverri bo'yicha kelishuvga erishdi, deb xabar beradi The Guardian nashri.
Manbaga ko'ra, "shaharliklar" argentinalik futbolchi uchun 25 million evro to'lashga va shu tariqa Echeverrini qo'lga kiritish uchun kurashda "Barselona"ni mag'lub etishga tayyor. Kelishuvdan so'ng yarim himoyachi ijara asosida yana bir yil "River Pleyt"da qoladi. Futbolchining "Manchester Siti" bilan shartnomasi 5 yilga mo'ljallangan.
Echeverri "River Pleyt" tarbiyalanuvchisi va akademiyadan asosiy jamoagacha bo'lgan yo'lni bosib o'tgan. Futbolchining klub bilan shartnomasi 2024 yilning dekabrigacha mo'ljallangan. Transfermarkt portali argentinalik futbolchini 12 million evroga baholamoqda.
Joriy mavsumda Echeverri 6 ta o'yin o'tkazib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
19 turdan keyin "Manchester Siti" 37 ochko bilan Premer-ligada 4-o'rinni egallab turibdi. Chempionatda "Liverpul" etakchilik qilmoqda (42 ochko).
28-Dekabr 2023,09:30
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0