"Manchester Siti"ning portugaliyalik yarim himoyachisi Bernardu Silva do'sti va vatandoshi Joau Feliksning "Barselona"dagi o'yini haqida fikr bildirdi.
"Men "Manchester Siti" kabi klubga keldim, vaqt o'tishi bilan o'z xislatlarim moslashib bordi, ammo bu "Atletiko"dagi Joau Feliks uchun ish bermadi. Va bu "matraschilar" yoki Joauning tanqidi emas. "Atletiko" har doim shunday o'ynaydi, lekin Joau boshqa uslubga ega.
Balki men ham "Atletiko"da muvaffaqiyat qozonmagan bo'lardim. Men ularning jamoasiga moslashishga va murabbiyning fikriga amal qilishga harakat qilardim, lekin men uchun bu juda qiyin bo'lardi», - dedi Bernardu Silva Mundo Deportivo bilan suhbatda.
Joriy mavsumda Joau Feliks klub va terma jamoa safida 25 ta o'yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
28-Dekabr 2023,10:00