Ispaniyalik jurnalist Fransua Gallardo Tvitterdagi o'zining sahifasida «Barselona»da Xavining o'rnini egallashi mumkin bo'lgan murabbiy nomini aytdi.«Michel menga kelasi mavsumda «Barselona»ning yangi bosh murabbiyiga aylanishini aytdi. "Barsa" vakillari u bilan 3 ta uchrashuv o'tkazishgan va tomonlar kelishuvga erishishga yaqin turibdi», — deya yozdi Gallardo.Avvalroq «Barselona» joriy haftadagi o'yinlarda salbiy natijalar qayd etsa, iste'foga chiqarilishi mumkinligi haqida xabarlar tarqaldi. Klubni Ispaniya kubogi doirasida «Unionistas Salamanka» va La liga doirasida «Betis»ga qarshi bahslar kutib turibdi. Michel esa ayni paytda «Jirona» boshqarmoqda. Bu klub La liganing 20-turidan keyin 49 ochko bilan peshqadam bo'lib turibdi. 48 yoshli mutaxassisning kataloniyaliklar bilan shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar tuzilgan.
17-Yanvar 2024,15:40