Madridning "Atletiko" klubi bosh murabbiyi Diego Simeone 2023/2024 yilgi mavsum yakunida Xavining "Barselona"ni tark etishi haqidagi savolga javob berdi.
"Men hech qachon hamkasblarimning qarorlariga izoh bermayman, chunki ularning tanlovini hurmat qilaman. "Barselona" ketma-ket bir necha mag'lubiyatga uchradimi? Raqib haqida o'ylashga vaqtim yo'q. Bu chorshanba kuni biz bilan o'ynagan "Rayo Valekano" haqida o'ylashimiz kerak. Keyin yakshanba kuni "Real Madrid" va chorshanba kuni "Atletik Bilbao" haqida o'ylaymiz", - dedi Simeone Mundo Deportivo bilan suhbatda.
27 yanvar kuni Xavi "Vilyarreal"dan 3:5 hisobida uchralgan mag'lubiyatdan so'ng mavsum yakunida jamoani tark etishini e'lon qildi. 44 yoshli mutaxassis 2021 yilning noyabrida "Barselona"ni qabul qilib olgan edi.
22-turdan keyin “Barselona” 44 ochko bilan La Ligada 4-o'rinda bormoqda. Chempionatda “Jirona” etakchilik qilmoqda (55 ochko).
31-Yanvar 2024,10:40