"Barselona" hujumchisi Robert Levandovski joriy mavsumda o'zining o'yini borasida fikr bildirdi. "2023 yilda shunday vaqt bo'ldiki, o'zimni nafaqat ruhiy, balki jismoniy jihatdan kuchsiz his qildim. Joriy mavsumda barcha yomon narsalar birdaniga boshlandi. Barchasi yig'ilib qoldi. Albatta, men ham xatolar qildim. Shunday vaziyatga tushib qoldimki, qayta o'zimga kelib olishim uchun haddan tashqari ko'p vaqt kerak bo'ldi. Futbolda esa 1-2 hafta ichida bunga erishish oson emas.Hali yaxshi kunlar oldinda ekaniga ishonaman. Buning alomatlarini ko'ryapman, ammo 2023 yilda mendagi alanga so'nib qolgan payt bo'ldi", – dedi 35 yoshli futbolchi.Levandovski joriy mavsumda La liga doirasida 20 ta o'yinda maydonga tushib, 8 gol va 5 assist muallifiga aylandi.
2-Fevral 2024,11:10