“Barselona” rahbariyati “ko'k-anorranglilar” bosh murabbiyi sifatida Xavining o'rniga “Barselona Atletik”ni boshqaradigan meksikalik mutaxassis Rafael Markes tayinlanishiga qaror qiladiki, agar Kataloniya klubi boshliqlari boshqa, taniqliroq murabbiy bilan kelisha olmasalar. Bu haqda Sport.es xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, Xavi joriy mavsum yakunida “Barselona”ni tark etishini e'lon qilgach, “blaugrana” rahbariyati prezident Joan Laporta va sport direktori Deku timsolida Kataloniya klubining sport loyihasini rivojlantirish bo'yicha yo'l xaritasini ishlab chiqqan. Ushbu rejaga ko'ra, "Barselona" evrokuboklar tajribasiga ega taniqli murabbiy bilan mehnat shartnomasi tuzishga harakat qiladi.
Agar bu g'oya amalga oshmasa, "blaugrana" bosslari jamoani boshqarishni Markesga ishonib topshirishadi.
6-Fevral 2024,16:10