"Arsenal"ning sobiq futbolchisi: "O'shanda Messi o'zga sayyoralikka aylandi!"

"Arsenal"ning sobiq futbolchisi Denilson 2010 yilda "Barselona"ga qarshi Chempionlar ligasining chorak final javob uchrashuvini esladi.
O'shanda Londonda jamoalar 2:2 hisobida durang o'ynashgan. "Kamp Nou"da "Arsenal" birinchi bo'lib gol urdi, ammo yakunda "Barselona" 4:1 hisobida g'alaba qozondi.
Lionel Messi poker muallifiga aylangandi.
“Lionel Messi men qarshi o'ynagan eng yaxshi futbolchi. "Kamp Nou"dagi o'yindan oldin: "Biz g'alaba qozonamiz" degandim.
Ammo o'yinning 15-daqiqasida Messi o'zga sayyoralikka aylandi! U birinchi, ikkinchi, uchinchi, keyin esa to'rtinchi golni kiritdi.
U bu o'yinni o'zi yaratdi. Men hech qachon bunday narsani ko'rmaganman", - deya Denilsonning so'zlarini keltiradi Arsenal Insider.
O'xshash yangiliklar
Izoh qoldirish
Bo'limlar
Muloqot (317/+0)
Yangiliklar (36002/+19)
UzFIFA Yangiliklari (12.01.2026)
Futbol TV Yangiliklari (12.01.2026)
ONLINE TV (47) LIVE
Futbolchilar haqida (22)
Futbolchilar rasmlari (601)new
Hafta faollarii TOP-30
La-Liga to'purarlar TOP-30
Foydalanuvchilar (1844 / +12)
Eng ko'p o'qilgan
11-Yanvar
23:10
8-Yanvar
20:30
11-Yanvar
01:10
FC BARCELONA O'YINLARI
Futbolchilar hayotidan (Instagram)





409