"Barselona" bosh murabbiyi Xavi jurnalistlarga klubdan ma'lumot uzatayotgan shaxsni qidirish bilan band, deb xabar bermoqda El Chiringuito TV.
Manbaga ko'ra, "Barsa"ning barcha xodimlarining messenjerlari tekshirilgan, Xavi ularning telefonlaridan jurnalistlarning aloqalarini qidirgan. Qolaversa, murabbiyning o'zi ham OAVga qo'ng'iroq qilib, ularning manbalari nomini bilishga harakat qildi.
Qayd etilishicha, Xavi ayg'oqchini qidirishda juda faol qatnashgan, chunki klubdan "sizib ketgan" xabar haqiqat bo'lib chiqqan. Hozircha ma'lumot beruvchi topilmadi.
Avvalroq, 44 yoshli mutaxassis, agar "Barselona" EChL 1/8 finalida "Napoli"dan mag'lub bo'lsa, Kataloniya klubini tark etishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.
Xavi yanvar oyida mavsum oxirida klubni tark etishini e'lon qilgan edi. "Barselona" 21 fevral kuni Chempionlar ligasi 1/8 finalining birinchi o'yinida "Napoli" mehmoni bo'ladi.
21-Fevral 2024,14:20