"Brayton" Roberto De Dzerbini tovon pulini to'lib olmaguncha qo'yib yubormaydi.
Oldinroq "Barselona" Xavi o'rniga italiyalik mutaxassisni tayinlashdan manfaatdor ekanligi ma'lum bo'lgandi. De Zerbining nomzodi borasida klub rahbariyati o'rtasida ma'lum bir kelishuv mavjud.
Kataloniyaliklar Roberto ularning taklifini tinglashga tayyorligini bilishadi, biroq uning shartnomasida tovon puli ko'rsatilgan - 15 million evro. "Brayton" boshqa klublar bilan muzokaralar chog'ida uni qisqartirish niyatida emas.
Hozirda "Barselona" bunday tovon to'lash imkoniyatini ko'rib chiqmayapti - klub bu murabbiyga bosimni kuchaytiradi deb hisoblamoqda. Qolaversa, «Barselona»dagi hozirgi moliyaviy vaziyatni hisobga olsak, bu qadam o'rinli ko'rinmaydi.
44 yoshli mutaxassis xizmatlariga "Liverpul" ham qiziqish bildirmoqda. "Barselona"dagilarning fikricha, murabbiy o'z klubiga ustunlik beradi, ammo "qizillar"ning taklifi ko'p narsani o'zgartirishi mumkin. "Mersisaydliklar" "Brayton"ga tovon puli to'lashga tayyor.
De Dzerbining "chayqalar" bilan shartnomasi 2026 yilgacha mo'ljallangan.
2-Mart 2024,16:30