Meksikadagi o‘yinda futbolchilar maydonda atayin harakat qilishmadi – gollar qarshiliksiz urildi

Meksika chempionatining 14-turidan o‘rin olgan «Verakrus» – «Tigres» o‘yini g‘alati tarzda boshlandi.
Ilk daqiqalarda mezbonlar ham, mehmonlar ham hech qanday harakat qilishmadi. Ba’zi futbolchilar chigalyozdi mashqlarini bajarishdi, ba’zilari ibodat qilishdi.
1 daqiqa o‘tgach «Tigres» futbolchilari faollashib, gol urishga muvaffaq bo‘lishdi. Eduardo Vargas maydon markaziga yaqin joydan zarba yo‘lladi. Raqib darvozaboni uni qaytarishga harakat qilmadi. 2 daqiqa o‘tgach Jinyak uzoq masofadan yana bir gol urdi. Bu safar ham unga hech kim qarshilik qilmadi.
Faqatgina 5-daqiqadan boshlab «Verakrus» futbolchilari harakatga tushdilar. O‘yin oxiriga qadar jamoalar 1tadan gol urishga erishdilar. Natijada «Tigres» 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Nima yuz berdi?
«Verakrus» klubi futbolchilari 6 oydan ortiq vaqt davomida maosh olmayotgani sababli, o‘z noroziligini shunday tarzdagi «ish tashlash» ko‘rinishida namoyish qilishdi. O‘yindan oldin ular «Tigres» futbolchilarini bu haqda ogohlantirishgan va norozilik aksiyasini 5 daqiqa davomida qo‘llab-quvvatlashni taklif qilishgan edi. Raqib esa faqat 1 daqiqa davomida harakat qilmaslikka rozi bo‘ldi.
Meksika chempionati jadvalida «Tigres» 23 ochko bilan uchinchi, «Verakrus» 4 ochko bilan so‘nggi o‘rinni egallab turibdi.
O'xshash yangiliklar
13:50 Karreras Yamalning ustidan kuldi: «Bizning bosh murabbiyimizning driblingi unikidan yaxshiroq»
Izoh qoldirish
Bo'limlar
Muloqot (318/+0)
Yangiliklar (36730/+16)
UzFIFA Yangiliklari (25.02.2026)
Futbol TV Yangiliklari (25.02.2026)
ONLINE TV (47) LIVE
Futbolchilar haqida (22)
Futbolchilar rasmlari (601)new
Hafta faollarii TOP-30
La-Liga to'purarlar TOP-30
Foydalanuvchilar (1856)
Eng ko'p o'qilgan
21-Fevral
18:40
24-Fevral
21:40
22-Fevral
15:10
Peshqadamlikni qaytarish imkoniyati: "Barselona"ning "Levante"ga qarshi taxminiy tarkibi
O'qildi: 78912 - Fikirlar: 0
O'qildi: 78912 - Fikirlar: 0
FC BARCELONA O'YINLARI
Futbolchilar hayotidan (Instagram)





378