Ilkay Gyundogan "Atletik"ga qarshi uchrashuv (0:0) haqida gapirdi.
"Bu kabi o'yinlarda ko'proq xarakter ko'rsatishimizni, barchasiga tayyor ekanligimizni ko'rsatishimizni istardim. Bu muhim o'yin bo'lgani uchun ikki ochko yo'qotish juda xafa qildi.
Biz o'zimizdan ko'proq narsani talab qilamiz. Bu juda qiyin o'yin bo'lganini tushunaman, La Ligadagi eng qiyin o'yinlardan biri bo'ldi.
"Atletik" - yuqori shiddat bilan o'ynaydigan yaxshi jamoa, ular jismonan juda kuchli va aql bovar qilmas muxlislar armiyasiga ega. Shuning uchun bu chempionatdagi eng qiyin o'yinlardan biri bo'ldi.
Menimcha, bu jamoa rivojida orqaga qadam emas. O'ylaymanki, agar biz sakkiz ochko ortda qoladigan holatda emasmiz, bu erda durang ham yomon natija emas", – dedi futbolchi.
5-Mart 2024,19:40